Kirame Tizim Arxitekturasi
Platformaning yaratilish tarixi, modullari, 4 xonali shaxsiy PIN ruxsatnomasi, kassa offline texnologiyalari va mukofot tizimlari haqida to'liq texnik ma'lumotlar.
1. Tizim Tarixi va Boshlanishi (2026 Season 2)
Kirame loyihasi 2026-yil Season 2 (Yoz fasli) da chakana savdo va kichik bizneslar uchun qimmatbaho uskunalar hamda abonent to'lovlarisiz ishlaydigan zamonaviy bulutli va offline savdo platformasi sifatida ishlab chiqildi.
Platformada hech qanday soxta statistika yoki sun'iy yozuvlar ishlatilmaydi: tizimdagi do'konlar soni, tovarlar qoldig'i va kassa cheklari to'g'ridan-to'g'ri haqiqiy ma'lumotlar bazasidan olinadi.
2. 4 Xonali Shaxsiy PIN Ruxsatnoma
Kassirlar, xodimlar va do'kon rahbarlari uchun tezkor va xavfsiz ruxsat berish mexanizmi joriy qilingan:
Kassir har safar uzun parol yozmasdan, o'zining shaxsiy 4 xonali raqamli PIN kodi orqali kassaga kiradi va smena ochadi.
Kassir ish o'rnidan uzoqlashganda ekran bitta tugma bilan qulflanadi va faqat 4 xonali PIN bilan qayta ochiladi.
Kassir tovar qaytarayotganda yoki maxsus chegirma qo'llayotganda rahbarning 4 xonali PIN kodi tasdiqlash uchun so'raladi.
Har bir bosilgan chekda qaysi xodim PIN kodi orqali xizmat ko'rsatgani shaffof saqlanadi.
2.5 Yangi Tizimlar — v2.1 Yangilanish
Season 2 yangilanishi bilan platformaga kuchli yangi modullar qo'shildi. Bularning barchasi mavjud do'konlarga avtomatik ulanadi — qo'shimcha sozlash talab qilinmaydi.
Do'kon egasi Portal → Xodimlar bo'limida maxsus havola yaratadi: lavozim, nechta kishi ishlatishi va qancha amal qilishini belgilaydi. Xodim havolani bosishi bilan darhol do'konga qo'shiladi — ariza yuborish va tasdiqlash bosqichisiz.
Kassada mijozning ismi, familiyasi va telefon raqami bilan qarz yoziladi: nima olgani, qanchaga olgani, qachon olgani, qachon qancha to'lagani va qancha qolgani — barchasi bir oynada. Shu telefon raqam bo'yicha avvalgi barcha qarzlari ham ko'rinadi.
Do'kon sozlamalarida chek uslubini tanlang: Mono (klassik), Boxed (ramkali) va Modern (qora sarlavhali). Chek yuqorisiga va pastiga o'z matningizni (reklama, manzil, telefon) yozing — har bir chekda chiqadi.
Claude, ChatGPT, Gemini va Cursor AI do'koningizga ulanadi: mahsulot qo'shish/tahrirlash, meta title, kassa tahlillari, qarzdorlar tarixi, kunlik hisobot va NFT tavsiyalari — 16 ta xavfsiz tool. Faqat Max va Enterprise tariflarda. Muhim: biz MCP'dan tashqari ochiq API taqdim etmaymiz.
Silver 9 900, Gold 19 900, Black 29 900 UZS/oy (yillik to'lovda arzonroq). AuraCard kartalari endi alohida sotilmaydi — Club darajasi narxi ichida beriladi. Bepul Standart karta har kim uchun ochiq.
Android telefon bilan saytga kirgan mijoz/d kassirga "Kirame ilovasi bormi?" degan yumshoq so'rov chiqadi: bor deb bildirsa muammo haqida aniqlashtiradi, yo'q deb bildirsa sababini so'raydi va yuklab olish havolasini beradi. Bu cheklov emas — ilovada ushlab qolish vositasi.
3. Platformaning 8 Ta Asosiy Moduli
Qisman offline kassa (Local cache), ko'p filialli tarmoq boshqaruvi, Bluetooth/Wi-Fi ESC/POS printerlar va Smart AI ombor tahlili.
Har bir do'kon uchun onlayn katalog, savat, buyurtma qabul qilish va marketpleys integratsiyalari.
16 xonali mijoz identifikatori, 4 xonali PIN, keshbek jamg'arish va QR to'lov.
Avtomatlashtirilgan vazifalar, @wqwdr kabi 5 ta belgili tasodifiy NFT username va keshbek rag'batlantirish.
Brauzerda to'laqonli kassa: shtrix-kod skaner, chegirmalar, tezkor qidiruv, smena ochish va chek chiqarish.
Claude, ChatGPT va Cursor AI uchun 16 ta rasmiy xavfsiz tool: mahsulotlar, qoldiqlar, qarzdorlar va hisobotlar.
Kassirlar va operatorlar uchun smena ochish, Z-hisobot va cheklangan huquqlar.
Kuryerlar uchun manzil marshrutlari, yetkazish holatlari va naqd pul tushumini topshirish.
4. Ikki Xil Yangilanish Tizimi
Platforma va ilovalar ikki xil yangilanishni ayrida boshqaradi — bu foydalanuvchini chalkashtirmasdan, har bir jarayonni o'z joyida ushlab turadi.
Ilova ichidagi "Yangilash" tugmasi orqali yangi APK serverdan yuklanadi va o'rnatiladi. Versiya, hajm va chelog serverda latest.json da saqlanadi. Bu — ilovaning o'z kodining yangilanishi.
Server domeni yoki API yo'llari o'zgarganda APK o'zgarmaydi — faqat havolalar yangilanadi. Bunda ilova 2 daqiqa loading ko'rsatadi va bu vaqt ichida havolalar sekin-asta yangilanib olinadi (hech narsa sindirmasdan).
Barcha havola va yo'llar bitta brain.json faylda. Ilova ochilganda avval shu faylni lokal keshdan o'qiydi (offline ham ishlaydi), keyin serverdan yangisini oladi va brain_version oshsa havolalarni yangilaydi.
Oxirgi holatdagi brain qurilma xotirasida saqlanadi. Internet bo'lmasa ham ilova eski havolalar bilan ochiladi — hech qanday "xato" ko'rinmaydi.