Kirame GO serveri va ilovasi tubdan yangilanmoqda. Yangi v6.0 talqinida qisman offline ishlay olish, filiallar tarmog'ini markazlashgan boshqaruv, simsiz bluetooth chek printerlari va AI qoldiq tahlili to'liq joriy qilinadi.
Yangi versiyada to'liq ishga tushirilayotgan funksiyalar
Internet uzilsa ham savdo to'xtamaydi. Mahalliy kesh orqali xaridlar yoziladi va aloqa tiklangach bulutga sinxronlashadi.
Bir nechta savdo nuqtasi va omborlarni bitta platformadan boshqarish, filiallararo tovar harakatini nazorat qilish.
Simsiz 58mm va 80mm termal printerlarga ulanish va har bir savdoda tezkor chek chiqarish.
Mahsulotlar tugashini oldindan hisoblash va yetkazib beruvchilarga buyurtma shakllantirish.
Kassir smenasini ochish va yopish, naqd, karta va AuraCard tushumlarini Z-hisobot asosida to'liq nazorat qilish.
Barcha savdo va kassa harakatlari haqida Telegram orqali rahbar profiliga lahzali bildirishnomalar.
GO interfeysi oddiy telefonda ham qulay: katta tegish tugmalari, ixcham statistikalar va tez navigatsiya.
Telefoningiz protsessoriga mos variantni tanlang — universal APK ham har doim ishlaydi.
| Variant | Fayl | Hajm | Kim uchun |
|---|---|---|---|
| Universal | go-1.0.04.apk | 27.3 MB | Bilmasangiz — shuni tanlang (hammasida ishlaydi) |
GO ilovasi faqat rasmiy APK sifatida ishlaydi — Braunuzer orqali kirish imkoni yo'q. Internet yo'q bo'lsa ilova ishlamaydi va aniq xabar ko'rsatadi (bu xususiyat, kamchilik emas).
Yuqoridagi tugma orqali yuklang — telefonizga mos ABI avtomatik tanlanadi yoki jadvaldan qo'lda yuklab oling.
Play Protect ogohlantirishi chiqsa "Baribir o'rnatish" ni bosing — APK rasmiy saytdan kelgan, imzo tekshirilgan. Bu Google Play'dan tashqari o'rnatishning oddiy jarayoni.
Telegram QR yoki telefon raqam orqali kiring — do'koningiz avtomatik yuklanadi. Hisobingiz yo'q bo'lsa bepul yarating.
Tovarlar, savdo va hisobotlar darhol ishlaydi — barcha ma'lumotlar sayt bilan real vaqtda sinxron.
GO'ning ikkita versiyasi bor: telefonga o'rnatiladigan APK ilova va brauzerda ishlaydigan sayt versiyasi. Har biri alohida yangilanadi.
Android 8.0 va yuqorisi bo'lsa ha. Universal APK 32-bit va 64-bit telefonlarning ikkalasiga ham mos — hech narsa tanlash shart emas.
"Baribir o'rnatish" tugmasini bosing. Kirame APK rasmiy saytdan yuklanadi va doimiy imzo bilan imzolangan. Play Protect noma'lum do'konlardan o'rnatilgan har qanday APK ga shubha bilan qaraydi.
GO onlayn ilova: internet uzilsa aniq xabar ko'rsatadi va qayta ulanganda avtomatik davom etadi. To'liq offline kassa uchun Local POS ilovasini ishlatiing.
GO — yengil onlayn ilova (sayt bilan bir xil imkoniyatlar), Local — 100% offline kassa (internetsiz ishlaydi, printer bilan). Ikkalasini birga ishlatish mumkin.
Ilova yangi versiya chiqsa ochilishda xabar beradi. Yuklab olish sahifasidagi "Oxirgi versiya" har doim dolzarb bo'ladi. Force update yoqilganda eski versiya ishlamaydi.
Telegram orqali murojaat qiling: @auraretail_support yoki qo'llab-quvvatlash sahifasi.