Ko'p so'raladigan savollar
Eng ko'p uchraydigan savollar va ularning aniq javoblari. Kerakli joyni qidirib toping.
MCP nima va nima uchun kerak?
MCP (Model Context Protocol) — AI ilovalari tashqi vositalar bilan standartlashgan gaplashadigan protokol. Kirame MCP orqali Claude yoki ChatGPT do'koningiz mahsulotlari va savdolarini o'qiy oladi — qo'lda nusxalash shart emas.
Bepulmi?
MCP o'zi bepul protokol. Kirame'da MCP funksiyasi Max va Enterprise tariflarida ochiladi — boshqa tariflarda faollikni ko'rasiz.
AI mening ma'lumotlarimni o'qiy oladimi?
Faqat siz ruxsat bergan do'kon doirasida va faqat siz bergan token orqali. Boshqa do'kon yoki boshqa foydalanuvchi ma'lumotiga kirish imkoni yo'q.
Xavfsizmi?
Tokenlar SHA-256 hashlab saqlanadi, OAuth tokenlari 1 soat amal qiladi va refresh rotatsiya qilinadi. Har bir chaqiruv logga yoziladi, tokenni istalgan payt bekor qilasiz.
Qaysi AI'lar bilan ishlaydi?
Claude.ai (custom connector), Claude Desktop (mcp-remote orqali), ChatGPT, Cursor, VS Code MCP kengaytirmalari, MCP Inspector — yani MCP qo'llab-quvvatlaydigan har qanday mijoz.
Qanday ulanaman va uzaman?
Ulanish: /mcp/connect dagi qo'llanma. Uzash: Claude.ai connector sozlamalaridan o'chiring yoki tokenni bekor qiling (OAuth: /mcp/revoke; API kaliti: portal MCP bo'limidan).
"Couldn't register with ar's sign-in service" xatosi nima?
Connector server bilan ro'yxatdan o'ta olmadi. Yechim: sahifani yangilab qayta urinib ko'ring; connector sozlamalarida ro'yxatdan o'tish turini Register automatically qiling; muammo qaytarsa Bearer token usulidan foydalaning.
401 Unauthorized olayapti
Token eskirgan yoki bekor qilingan. Yangi token oling (portal → Sozlamalar → MCP) yoki connectorni qayta ulang (OAuth refresh 30 kun ishlaydi).
Vositalar ro'yxati bo'sh chiqyapti
Tarif Max/Enterprise emas yoki token boshqa do'konga tegishli.
/mcp/tools.json ni ochib tekshiring — u autentifikatsiyasiz ishlaydi.Qanday qo'shimcha vosita qo'shaman?
Server tomonida
store/lib/mcp.php dagi mcp_tools_list() ro'yxatiga bitta yozuv qo'shing — sxema va ishlovchi birga. Saiflash yoki kesh talab qilinmaydi.MCP orqali nima qilish mumkin?
Mahsulotlar ro'yxati va qidiruv, savdo/foyda tahlili, kam qolgan tovarlar, qarzdorlar, filiallar va do'kon ma'lumoti. Vositalar to'liq ro'yxati: /mcp/tools.
Xato topdim, kimka aytaman?
Xavfsizlik sahifasidagi aloqa orqali yozing. Iltimos, xato qadamlari, so'rov vaqti va xato kodini ilova qiling.